«Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali hamda filial kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.

✅Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim va tafakkur salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash madaniyatini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

✨Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tgan intellektual bellashuvda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va topqirliklarini namoyon etdilar. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordi va o‘yin davomida yuqori faollik ko‘rsatdi.

✅Yakunda eng ko‘p ball to‘plagan jamoalar g‘olib va sovrindor deb topilib, tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email