“Angren IES” aksiyadorlik jamiyatida “Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda korxona rahbariyati, xodimlar, jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar oila ma’naviy tarbiyaning asosiy maskani ekani, oilada shakllangan odob-axloq, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat inson kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda oila institutini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish, farzand tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, sog‘lom oilaviy muhit, ota-onaning mas’uliyati hamda milliy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Ishtirokchilar globallashuv sharoitida yoshlarni ma’naviy tahdidlardan asrashda oilaning o‘rni beqiyos ekanini qayd etdilar. Faxriylar va tajribali xodimlar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh oilalarga tavsiyalar berdilar.

Tadbir doirasida savol-javob va fikr almashuvlar tashkil etildi. Yakunda oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etish va yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol xodimlarga minnatdorlik bildirildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oilalar mustahkamligi, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email