Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ham bayram arafasida sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Stansiyada erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi voleybol musobaqalari qizg‘in kurashga boy tarzda kechdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – Markaziy ta’mirlash sexi jamoasiga;
2-o‘rin – Avtotransport sexi jamoasiga;
3-o‘rin – Suvni kimyoviy tozalash sexi jamoasiga nasib etdi.

Bu kabi sport tadbirlarining o‘tkazilishi – xodimlar jismoniy madaniyatining oshishiga, ish samaradorligining yaxshilanishiga o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.

O‘yinlar yakunida g‘olib jamoalar Kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email