🏀 Navoiy issiqlik elektr stansiyasida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida spartakiada musobaqalari tashkil etildi.

🤾‍♀ Musobaqalarda korxonaning faol va tashabbuskor xotin-qizlari turli sport yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashib, chaqqonlik, epchillik va jamoaviy hamjihatliklarini namoyon etdilar.

🤩 Qizg‘in va murosasiz kechgan to‘rt shartdan iborat bahslarda ishtirokchilar munosib natijalar qayd etib, g‘olib va sovrindorlar korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆🏆🏆 Bunday sport tadbirlari xodimalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoada birdamlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email