MUHOFAZA VA EHTIROM: «O‘ZBEKKO‘MIR» AJDA BAYRAM TADBIRI
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida bayram tadbiri tashkil etild.
Tadbirda Jamiyat ijro apparati va mavjud filiallarda faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalarining ishchi-xodimlar huquqlarini muhofaza qilish, zarur sharoitlar yaratish va Jamoa shartnomasi doirasidagi ezgu ishlari alohida e’tirof etildi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Toshkent viloyati kengashi vakillari hamda Jamiyat rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi mas’ullari ishtirok etib, konchilarni bayram bilan qutlashdi. Tantanali vaziyatda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh kasaba uyushmasi faollariga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: