Bayram munosabati bilan unutilmas sayohat: “O‘zneftegaz burg‘ulash ishlari” MCHJ xodimlari Toshkentda!
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zneftegaz burg‘ulash ishlari” MCHJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona ishchi-xodimlari uchun poytaxtimiz — Toshkent shahriga 2 kunlik madaniy-ma’rifiy turizm sayohati tashkil etildi.
Sayohat dasturi boy va mazmunli taassurotlarga boy bo‘ldi. Xodimlar dastlab yurtimizning eng ulug‘vor va zamonaviy majmualaridan biri — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng jamoa a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy qarorgohida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi hamda davlat rahbari ishlagan xonani ziyorat qildilar.
Kunning madaniy qismi esa O‘zbek Milliy akademik drama teatrida davom etdi. Ishchi-xodimlar teatrdagi sahna asarini tomosha qilib, madaniy hordiq chiqardilar va yuqori kayfiyat oldilar.
Ikki kun davom etgan ushbu sayohat xodimlarning nafaqat dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy ozuqa olishiga, balki jamoa o‘rtasidagi ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Sayohat ishtirokchilari bayramona tuhfa va yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun korxona rahbariyati hamda kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: