Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «Farg‘ona NQIZ»da tashkil etilgan sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar hamda uzoq yillar davomida korxonada samarali mehnat qilib, pensiya yoshiga yetgan xodimlar zavod Kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandi. Ularga diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Xususan, korxona sexlari o‘rtasida yengil atletika, stol tennisi va shashka sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar munosib e’tirof etildi.

Zavod Kasaba uyushmasi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, turli sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar, kasallik holatlarida moddiy yordam hamda xodimlar farzandlari uchun yozgi oromgohlar tashkil etish kabi ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

🎙«Kasaba uyushmasining asosiy vazifasi — xodimlarning mehnat va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar jamoamiz vakillari tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda», — deydi zavod Kasaba uyushmasi raisi Rashidjon Turdaliev.

Print Friendly, PDF & Email