O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, kasaba uyushmalari faollarining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida geologiya tarmog‘i kasaba uyushmasi faollari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda neft-gaz tarmog‘i vakillari ham faol ishtirok etdilar.

Seminar davomida asosiy e’tibor yil yakunlari böyiça moliyaviy hisobotlar, kasaba uyushmasi a’zolik badallarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanish, moliyaviy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida moliyaviy faoliyatning shaffofligini ta’minlash masalalariga qaratildi.

Shuningdek, jamoa shartnomalarini qabul qiliş, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyalaşda jamoa şartnomasi imkoniyatlaridan keng foydalaniş masalalari seminar kun tartibidan alohida o‘rin oldi. Ishtirokchilarga jamoa shartnomalarini ishlab chiqish, ekspertizadan ötkaziş, ijrosini ta’minlash va nazorat qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, amaldagi jamoa shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan bunday o‘zgartirishlarni rasmiylashtirish tartibi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy jarayonlar izchil tushuntirib berildi.

Seminar yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar kasaba uyushmalari faoliyatining turli yo‘nalishlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Respublika kengashi mutaxassislari tomonidan barcha savollarga atroflicha javob berilib, zarur amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Bunday o‘quv seminarlari kasaba uyushmalari rahbarlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email