11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni!

«Toşkent IES» AJda uşbu sana munosabati bilan “Yangi Özbekistonning — yangi kasaba uyuşmalari” şiori ostida bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda «SMART INTEGRITY ME» MÇJ boş direktori Bahodir Mamurjonoviç Nurdinov, faxriy mehmonlar hamda korxona mehnat jamoasi vakillari iştirok etdi.

Bayram munosabati bilan korxonada uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, özining fidoyiligi, kasbiy mahorati va mas’uliyati bilan jamoa hurmatiga sazovor bölgan bir guruh kasaba uyuşmasi a’zolari hamda işçi-xodimlar munosib taqdirlandi.

Tadbir davomida xodimlarning mehnatini e’tirof etiş, ularni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş, şuningdek, korxonada şakllangan jamoaviy birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlaş joizki, 2023-yildan buyon korxonada Smart boşqaruvi asosida amalga oşirilayotgan islohotlar doirasida nafaqat işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, balki xodimlar uçun munosib mehnat va ijtimoiy şaroitlarni yaratiş ham ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Zero, kasaba uyuşmalarining asosiy vazifasi — xodimlar manfaatlarini himoya qiliş, ularning mehnat huquqlarini ta’minlaş va munosib rağbatlantirişdan iborat.

Işonçli boşqaruv — samarali faoliyat, inson qadri esa taraqqiyotning boş mezonidir!

Print Friendly, PDF & Email