1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati xodimlarining farzandlari o‘rtasida jamoaviy sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqalarda bolalar jamoalarga bo‘lingan holda estafeta yo‘nalishida o‘zaro bahs olib bordilar.

Kichik guruhlardagi jamoalar o‘tasidagi musobaqada “Kamalak” jamoasi, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bahslarda esa “Scorpions” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Vazirlik kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqalardan keyin bolalar Geologiya muzeyi, Geologiya fanlari universiteti haqida ham ma’lumotlar oldilar.

Print Friendly, PDF & Email