Dam olish kunlari “O‘zbekgeofizika” AJning “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali kasaba uyushmasi tomonidan filial xodimlari uchun Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Xivaning qadimiy tarixiy obidalari, betakror me’moriy yodgorliklari hamda milliy madaniyatimizning noyob namunalarini yaqindan tomosha qilishdi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishi, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashi hamda tarixiy-madaniy bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email