AJDODLAR TUTGAN YO‘LI – AVLODLARGA O‘RNAK
🔉“IES” AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati…
“O‘zenergosozlash” MChJ hamda jamiyat Kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2026-yil 18-fevralda qabul qilingan qo‘shma qarorga muvofiq, korxonaning 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishini muhokama qilishga bag‘ishlangan mehnat jamoa konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida jamoa shartnomasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlar, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, shartnoma ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglanib, kelgusi davrdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar jamoa shartnomasining bajarilishini ijobiy baholab, korxonada mehnat munosabatlarini yanada mustahkamlash va xodimlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdilar.










Spelling error report
The following text will be sent to our editors: