MILLIY TAFAKKUR VA MA’NAVIYATIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543…
2026-yil 19-avgust kuni “UNG Burg‘ilash” MCHJda ishchi-xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “Uzbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi U.M.Gaziyev, “UNG Burg‘ilash” MCHJning Bosh muhandisi D.Sh.Djeparov, “UNG Burg‘ilash” MCHJning Bosh iqtisodchisi O.A.Mexmonov hamda 39 nafar xodim ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar doirasida korxonada boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini tuzish, uning qo‘mita a`zolari va taftish komissiyasi tarkibini saylash hamda yangi boshlang`ich tashkilotni “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibiga kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda “UNG Burg‘ilash” MCHJning Ofis menejer xizmati murojaatlar bo`yicha 1-darajali mutaxassisi Soatov Oybek Xalilovich bir ovozdan jamoatchilik asosida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi va taftish komissiyasi a’zolari tasdiqlandi. Yangi tashkil etilgan kasaba uyushma tashkilotining asosiy maqsadi xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhofazasini ta’minlash hamda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yanada mustahkamlashdan iboratligi ta`kidlandi.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: