

Sport — bu sog’liq, birdamlik va g’alaba sari bir qadam!
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tashabbusi bilan xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Tadbir sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jamoa ichidagi do’stona muhitni mustahkamlash hamda xodimlar o’rtasida sportga bo’lgan qiziqishni oshirish maqsadida o’tkazildi.

Musobaqada xodimlardan tuzilgan jamoalar o’zaro bellashib, sport maydonida haqiqiy kurash muhitini yuzaga keltirdi. Har bir o’yin yuqori kayfiyatda, halollik va jamoaviy ruh asosida o’tdi.
Musobaqa yakuniga ko’ra:
1-o’rinni «Gulistonshahargaz»
2-o’rinni «Sardobatumangaz»
3-o’rinni «Yangiyershahargaz» gaz ta’minoti bo’limlari xodimlari egallashdi.
G’olib jamoa va faol ishtirokchilar kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Manba: “Hududgaz Sirdaryo” GTF KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: