💠 “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazilmoqda
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tarkibidagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasida bahorning eng ulug‘ ayyomlaridan biri – Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari faol ishtirok etdi.
Tadbir milliy an’analarni zamonaviy tashkilotchilik bilan uyg‘unlashtirish tamoyili asosida tashkil etildi. Unda jamoa ahilligi, bahoriy kayfiyat va milliy qadriyatlarni ulug‘lash g‘oyasi asosiy o‘rin egalladi. Bayram dasturi doirasida mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi, boshlovchilar tadbir ishtirokchilarini qutlab, barchani bahor ayyomi bilan tabrikladilar.
Madaniy dastur doirasida folklor jamoalari hamda raqs ansambllari tomonidan milliy qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoyish etildi. Mehmonlarga milliy shirinliklar — sumalak va nisholda tortiq qilindi.
Shuningdek, tadbirda milliy o‘yinlar va ko‘ngilochar musobaqalar ham o‘tkazildi. Arqon tortish, tosh ko‘tarish, lanka tepish bo‘yicha xalq o‘yinlarida qatnashgan g‘olib hamda sovrindorlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: