🏔 Adrenalin va yuqori kayfiyat: Yosh energetiklar Zomin cho‘qqilarida!
Zomin tog‘larining so‘lim tabiati va musaffo havosi nafaqat sokin hordiq, balki haqiqiy sarguzashtlar maskanidir. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax va Sirdaryo hududiy filiallaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh energetiklar sayohat davomida Zominning eng hayajonli va ekstremal attraksionlarida bo‘lishdi.
✨Sayohatning eng hayajonli lahzalari:
Ishtirokchilar tog‘ ustidan o‘tuvchi osma yo‘llar (kanat) va balandlikdagi boshqa attraksionlarda uchib, unutilmas adrenalin va quvonchga to‘la lahzalarni boshdan kechirishdi.
Minglab metr balandlikdan turib Zominning takrorlanmas manzarasini tomosha qilish yoshlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Balandlik va tezlikdan hayajonlangan yoshlar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, jamoaviy birdamlikni tog‘ cho‘qqilarida ham namoyon etishdi.
Ushbu qisqa, ammo mazmunli hordiq yosh energetiklar uchun yangi ish haftasi oldidan haqiqiy quvvat manbai bo‘ldi. Tog‘ cho‘qqilaridagi «parvoz» — yoshlarimizning shijoati va baland marralarga intilishining o‘ziga xos ramzidir.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: