“Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ xodimlarining murojaati kasaba uyushmalari nazoratiga olindi
2025-yil 28-iyul kuni “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJda faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari…
Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Ustavining 6.1., 6.2., 6.3. va 6.4.-bandlariga asosan, Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Q A R O R Q I L A D I:
|
1. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2020-yil avgust oyidan 2025-yil avgust oyigacha boʻlgan davr mobaynidagi faoliyati hamda kasaba uyushmasi aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy xuquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi ustuvor vazifalari toʻgʻrisida. |
|
2. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Nazorat-taftish komissiyasining hisoboti. |
|
3. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Harakat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida. 4. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida. |
|
5. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisini saylash toʻgʻrisida. |
|
6. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisida. 7. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tarkibini saylash toʻgʻrisida. |
|
8. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Nazorat-taftish komissiyasi tarkibini saylash toʻgʻrisida. |
|
9. Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Nazorat-taftish komissiyasi raisini saylash toʻgʻrisida. |
|
10. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga delegatlar saylash toʻgʻrisida. 11. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashi aʼzoligiga vakil saylash toʻgʻrisida. |
III. Qurultoyga vakillik meʼyori quyidagi tartibda belgilansin:
tarmoq tizimidagi birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotlari va Qashqadaryo viloyat hududiy boʻlinmasi oʻz konferensiyalarida Respublika Kyengashi aʼzoligiga ikki nafardan vakil saylash;
Respublika Kengashining qolgan aʼzolarini saylash va uning son tarkibini belgilash Qurultoy vakolatiga kiradi.
Qurultoyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini tasdiqlash;
zaruriyatga koʻra, Qurultoyni oʻtkazish kuniga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
VII. Tashkiliy qoʻmita (S.Toʻxtayev)ga:
Qurultoyga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini taʼminlash;
zarur hollarda Qurultoyga tayyorgarlik koʻrish ishlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
tashkiliy qoʻmita majlislarida Qurultoyga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida masʼul xodimlarning hisobotlarini muntazam ravishda eshitib, natijalari boʻyicha Kengash raisiga maʼlumotlar taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
VIII. Tarmoq tizimidagi birlashgan va boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari hamda Qashqadaryo viloyat Kengashi raislariga:
ushbu qarorning III bandida belgilangan vakillik meʼyoriga muvofiq tarmoq kasaba uyushmasi II Qurultoyiga har tomonlama munosib, kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirishga hissa qoʻshgan, obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan faollarning shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari ustuvorligini taʼminlagan holda delegat etib saylanishiga alohida eʼtibor qaratish;
belgilangan vakillik meʼyoriga muvofiq Qurultoyga delegatlarni, Respublika kengashi tarkibiga vakillarni saylash toʻgʻrisidagi qarorlar nusxalarini, shuningdek delegatlarning anketalari va kengash tarkibiga saylangan vakillarning maʼlumotnomalarini 2025-yil 1 iyun kuniga qadar tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparatining Tashkiliy ishlar boʻlimiga topshirish;
Qurultoyda qabul qilinadigan dasturiy hujjatlar loyihalarini umumiy yigʻilish, konferensiyalarda muhokama qilinishini tashkil qilish, yuzasidan tushgan takliflarni 2025-yil 1-iyun kuniga qadar tegishli Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Qurultoyga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilishini, Moliya boʻlimi (Z.Ibragimova) tuzilgan shartnomalarga muvofiq mablagʻ oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
XII. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Sh.Kurbanov
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: