

Sport- sog‘lik garovi
Sport- sog‘lik garovi. U nafaqat insonni sog‘lom bo‘lishida, balki ruhan chiniqishi irodasini mustahkamlashga ham yordam beradi. Navoiy shahridagi Alisher Navoiy madaniyat va istirohat bog‘ida “Hududgaztaʼminot” AJ “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi va Sport targ‘ibotchisining ish rejalari asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali hamda uning shahar, tuman gaz taʼminoti bo‘limlari xodimlari o‘rtasida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Gazchi xodimlarni sportga keng jalb etish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 100 dan ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida filial direktori Mahmud Normamatov so‘z olib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Sportning har inson hayotidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtatib o‘tildi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, 100 metrga yugurish va stol tennisi turlari bo‘yicha kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Mini futbol sport turida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlarda quyidagicha natijalar qayd etildi:
1-o‘rin – “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali;
2-o‘rin – “Navbahortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi;
3-o‘rin – “Xatirchitumangaz” gaz ta’minoti bo’limi;
3-o‘rin – “Uchquduqtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi.
Shuningdek, 100 metrga yugurish bahslarida erkaklar o‘rtasida karmanalik gazchi Jahongir Ergashev, ayollar o‘rtasida esa “Konimextumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimi Zarina Daribayeva; shaxmat bo‘yicha filial xodimi Akmal O‘ralov, ayollar bo‘yicha Rohila Rahmatova; stol tennisida Mohinur Odilova, erkaklar o‘rtasida Sardor Kenjayev; shashka musobaqasida esa “Xatirchitumangaz” mahalla gazchisi Rayhon Nazarova, erkaklar o‘rtasida esa filial xodimi Behro‘z Tog‘ayevlar birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
– Bugungi musobaqada yugurish sport turi bo‘yicha qatnashib, faxrli birinchi o‘rinni egalladim,- deydi Z. Daribayeva. – Bundan albatta, juda xursandman. Bu kabi sport musobaqalari jamoalar o‘rtasida ahillik, birdamlik va sportga ishtiyoqni yana-da mustahkamlashi bilan eʼtiborga loyiq. Shunaqa tadbirlar tez-tez o‘tkazilsa yaxshi bo‘lardi. Barcha tashkilotchilarga o‘z rahmatimizni aytamiz.
Musobaqalar yakunida “Farovon” tantanalar uyida barcha g‘olib va sovrindorlar uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sport turlari bo‘yicha munosib o‘rin egallaganlar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Manba: “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: