“Kimyogarlar kuni” keng nishonlandi

An’anaga ko‘ra, har yili may oyining oxirgi yakshanba kuni Respublikamiz bo‘ylab “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami sifatida keng nishonlanadi.
“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ qo’shma korxonasi — “Oraylik zavod laboratoriyasi” sexi ishchilari ham ushbu kasb bayramini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Sex rahbarlari I. Qutimov, J. Ibrohimov hamda korxonamiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Tleumuratov bugungi bayram munosabati bilan kimyogar ishchi-xodimlarni qizg‘in tabriklab, ishchilarga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bayram yakunida sex ishchilariga korxonamiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va maqtov yorliqlari topshirildi.

Manba: “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK KUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi

Print Friendly, PDF & Email