O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib nishonlash maqsadida Jizzax shahrida unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi.

🎤Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi “O‘rda” amfiteatri tomonidan taqdim etilgan ushbu gala-konsert dasturi barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

⭐️Dasturda el suygan san’atkorlar:
• O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev;
• Estrada xonandalari Sunatilla Abdusalomov, Sardor Toirov, Zulxumor Mamarasulzodalar o‘zlarining eng sara taronalarini ijro etishdi.
• Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev o‘zining ajoyib hangomalari va hazillari bilan tomoshabinlar ko‘nglini xushnud etdi.

✨E’tiborlisi shundaki, mazkur madaniy tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialining fidoyi xodimalari ham faol ishtirok etdilar. Soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan 70 nafar xotin-qizlarimiz uchun ushbu konsert dasturi chinakam bahoriy sovg‘a bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email