✅Hayotimizning sermazmun, baxtli-saodatli va totli bo‘lishida, mustahkam va farovon oilaning shakllanishida biz uchun sevgi-muhabbat, or-nomus, sadoqat va fidoyilik timsoli bo‘lib kelayotgan ayollarimizning o‘rni hamda roli nihoyatda beqiyosdir.

Bayram munosabati bilan yuksak eʼtibor va ehtirom ifodasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi erkak xodimlari tomonidan ayol hamkasblarimizni tabriklash marosimi tashkil etildi. Unda xodimalarga samimiy tilaklar bildirildi.

 ✅Bayram munosabati bilan Agentligimizning hamda yurtimizning barcha ayollarini chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Print Friendly, PDF & Email