“Farg’ona IEM” AJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchi xodimlar uchun qadimiy Xiva shahriga sayohat tashkil etildi

Mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan sayohatda 60 nafar ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Sayohatchilar ochiq osmon ostidagi muzey – boy tarixga ega shaharning bugungi ko‘rinishi,  ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishdilar. Tarixiy obidalar va qadamjolarni ziyorat qilgan sayohatchilar yorqin taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Sayohat, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

 

Manba: «Farg’ona IEM» AJ KUQ matbuot xizmati

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email