Belorusiya Respublikasining Brest viloyati Birlashgan kasaba uyushmasi hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o’rtasida online seminar bo’lib o’tdi
2022 yil 9 avgust kuni Belorusiya Respublikasining Brest viloyati Birlashgan kasaba uyushmasi raisi tashabbusiga muvofiq Belorusiya Respublikasining Brest viloyati Birlashgan kasaba uyushmasi mehnat huquq inspektorlari hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, tizimdagi mehnat huquq inspektorlari hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi xodim va mutaxassislari ishtirokida xodimlarning mehnat huquqlari himoyasiga oid online seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar mavzusiga ko‘ra, Brest oblasti kasaba uyushmalari raislari va mehnat huquq inspektorlari o‘z prezentatsiyalari orqali Belarus davlatida kasaba uyushmalarining o‘rni, kasaba uyushmalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar turlari, Ish beruvchi hamda xodimlarning o‘rtasida vujudga keluvchi mehnat munosabatlari, ularni qiynayotgan muammolar, xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun mehnat huquq inspektorlarining vakolat doiralari, ular faoliyatini amalga oshirish mexanizmlari hamda nizolarni hal etish borasida ma’lumot berib o‘tishdi.
Shu o‘rinda, hamkorlikda keyingi ish rejasiga mehnatni muxofaza qilish masalasiga oid amaliy seminar o‘tkazilishi kelishib olindi.
Mehnat huquq inspektorlarining ishchi-xodimlarning mehnat huquq munosabatlari manfaatida o‘tkazilgan ushbu seminar har ikki tomonlama foydali ma’lumotlar bilan manfaatli tarzda o‘z yakuniga yetdi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: