“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida kasaba uyishmasi qo’mitasi tomonidan mehnat muhofazasi tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 18 saotlik o‘quv-amaliy dasturi asosida seminar tashkil etildi.

Seminarda filial tarkibidagi 13 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalaridan har biridan 2 nafardan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha jamotchi vakillari ishtirok etib, ular uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida elektr qurilmalarida xavfsiz ishlash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari A.Janayev va S.Umaraliyev tomonidan mehnat muhofazasi mavzusida ochiq dars o‘tkazilib, mehnat qonunchiligi talablari, ish joylarida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 26 nafar xodimga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Bunday o‘quv-amaliy seminarlar xodimlarning bilim va malakasini oshirish, mehnat xavfsizligini mustahkamlash hamda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email