Respublika Kengashi mutasaddilari «Urganchtransgaz» UK kasaba uyushma qo’mitasi faoliyati bilan tanishdi

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ma’sul xodimlari Z.Ibragimova, S.Egamberdiyev va F.Doniyorovlardan iborat ishchi guruh «Urganchtransgaz» UK kasaba uyushma qo’mitasining ish faoliyati va yuritilayotgan hujjatlari bilan tanishdi. So’ngra korxona tizimidagi sex boshqarmalari kasaba uyushma qo’mitasi uchun selektor shaklida yig’ilish tashkil etildi va unda hujjatlarni to’g’ri yuritilishida uchrayotgan ayrim xato va kamchiliklar ko’rsatilib, ish yuritish bo’yicha a’zolarini  qiziqtirgan savollarga javob va maslahatlar berildi.

 

Ozbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email