“Toshkent IES” АJda rahbar va ishchi xotin-qizlar o’rtasida yig’ilish bo’lib o’tdi
Joriy yilning 16 iyun kuni “Toshkent IES” АJ ma’muriyati va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan xodimlarning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash, ularni oʼylantirayotgan muammolar yechimini topish hamda qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadlariga qaratilgan davra suhbati oʼtkazildi. Unda “Toshkent IES” АJ Bosh direktori B. А. Buronboyev ishtirok etdi.
Davra suhbatida barcha sex va boʼlimlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar qatnashib, ish joylarida mehnat sharoitlarini yaxshilash, sanitariya-gigiena xonalarini zamon talabi darajasiga keltirish, maishiy xonalarni texnika bilan taʼminlash, tozalikka eʼtibor qaratish, oʼzaro muloqotda etika qoidalariga rioya qilish singari masalalarni koʼtardilar.
Bosh direktori B.А. Buronboyev korxonada gender tengligini taʼminlash, ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, ayollar salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashubbuslarini qoʼllab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish boʼyicha kelgusi rejalar asosidagi fikrlarini bildirdi.
Manba: «Toshkent IES» AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: