«Hududgazta’minot»AJ kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan hududlar kesimida sovuq ob havoda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar holidan xabar olindi

Hududgazta’minot»AJ BKUQ ning yurtimizda havo xaroratining keskin pasayib, sovub ketishi sababli 2023 yil 12 dekabrdagi topshirig‘iga asosan sovuq ob-havo sharoitida ishlovchi xodimlar xolidan xabar olish ishlari olib borildi.

Xususan: «Hududgaz Andijon» GTF kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi xodimlar uchun qo‘shimcha sharoit yaratish maqsadida qo‘l-qoplar, termoslarda issiq kofe va choylar tarqatilib xodimlarning ish joylariga borib holidan xabar olindi.

 «Hududgaz Samarqand» GTF Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan ishchi xodimlar sovuq ob-havoda sidqidildan mehnat qilayotgan elektr-gaz payvandchi va chilangarlar holidan xabar olindi hamda ularga issiq choy, sendvich va shirinliklar bilan issiq qo‘l-qoplar va termos tarqatildi.

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali  direktorning birinchi o‘rinbosari – bosh muxandisi B.Xalikov hamda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi rasi Q.Xasanovlar tomonidan “Jizzax-Forish” avtoyo‘l trassasida joylashgan Yangi hayot GRS da o‘rta bosimli gaz quvurida ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida sodir bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etishda ishtirok etayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida issiq choy, shirinliklar olib borilib hollaridan xabar olindi va qo‘lqoplar tarqatildi. Shuningdek, Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahallasidagi ko‘p qavatli xonadonlarni isitishga mo‘ljallangan 1-sonli qozonxonani bir me’yorda ishlashini nazorat qilish maqsadida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, «Hududgaz Sirdaryo» GTF kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ham qurilish bo’limi chilangarlariga issiq qo‘l-qoplar va termoslar tarqatildi. Issiq ichimliklar tashkillashtirildi.

Manba: “Hududgazta’minot” BKUQ

 O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email