Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi…
🏛O'zbekiston milliy elektr tarmoqlarining Andijon magistral elektr tarmoqlari filiali ishchi-xodimlari so‘lim maskan — Bobur bog‘iga…
«Buxoro NQIZ» kasaba uyushmasi tomonidan 50 nafar ishchi xotin-qizlari uchun 11-12 mart kunlari Respublikamizning tarixiy shaharlaridan biri bo‘lmish Xiva shahriga ekskursiya tashkil etildi. Sayohatchilar «Khorezm palace» mehmonxonasiga joylashtirilib, ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.




Sayohat davomida hamkasblarimiz Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari Ichan Qal’a turistik majmuasida, Niyoz Muhammad Oxunbobo jome’ masjidida, Ulli hovli qal’asi va ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me’moriy ob’ektlar va qadimiy yodgorliklarni yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qadimiy Xivaning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix va kelajak nafasini his qildilar.




Manba: «Buxoro NQIZ» KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizamti
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: