Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazildi

“Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Maqsad korxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ob’yekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining davlat quyi tizimi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlarini nazoratdan o‘tkazish.

Shu maqsadda shartli zilzila tufayli qo‘shma korxona tasarrufidagi Etilen syexida suyuqlik sizib chiqishi yuzaga keltirildi. Mashg‘ulot davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokatning oldini olish bo‘yicha fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibini shakllantirish, ob’yekt xodimlarini evakuatsiya qilish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari namoyish etildi.

Shuningdek, “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi ma’muriyati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikdagi harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

O‘quv mashg‘ulotining yakuniy hisobotiga ko‘ra, qo‘shma korxona qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni bajarishdagi shayligi “Tayyor” deb baholandi.

Manba: “O‘zbekneftgaz” BKUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email