Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
Joriy yilning 18-21-sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar oromgohida Oʻzbekneftgaz tizimidagi tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlar ishtirokida “Yashil iqtisodiyot va energetika taraqqiyoti uchun gʻoyalar” shiori ostidagi “Neft-gaz yoshlari forumi-2025” boʻlib oʻtdi.
Unda tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlardan kelgan 200 nafardan ortiq yoshlarning ishtirok etgani forumning ahamiyatini yanada oshirdi.
Dastlab Forumning birinchi kunda ochilish marosimi oʻtkazilib, ishtirokchilar 16 ta guruhlarga boʻlinib, tanishuv tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Forumning 2-kunida “Yosh avlodga – saboq, tabiatga – ehtirom, yashil kelajakka – qadam!” shiori ostida eko-marafon tashkil etildi hamda ishtirokchilar oʻrtasida sportning futbol, voleybol, shaxmat va stol tennisi boʻyicha saralash va yarim final bellashuvlari oʻtkazildi.
Shundan soʻng Dasturning kechki qismida ishtirokchilar uchun Zakovat» intellektual oʻyini tashkil etildi.
Qizgʻin bahs munozaralarga boy tarzda oʻtkazilgan intellektual oʻyinlar yoshlar katta taʼsurot qoldirib, ularnig bilim koʻnikmalarini oshirishga turtki vazifasini oʻtab berdi.
Forumning 3-kunida jamoalar oʻrtasida sport musobaqalarining final bosqichilari oʻtkazildi.
Dasturning davomida yoshlar oʻrtasida seminar-trening, “Quvnoq sahna” KVZ jamoasi chiqishi tashkil etildi.
Shuningdek, “Neft-gaz yoshlari forumi-2025” Dasturi doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Unda “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi U.Mamatqulov, “Shoʻrtan GKM” MCHJ bosh direktori Sh.Aslanov, “Uzbekistan GTL” MCHJ rahbari A.Baxadirov va Shoʻrtan NGQCHB direktori Z.Nematovlar bilan yoshlar ochiq muloqot qilishdi.
Ochiq muloqotda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Uchrashuvda yoshlar “Korxonam ravnaqiga oʻz hissamni qoʻshaman” mavzusida oʻzlarining yangi gʻoyalari boʻyicha tayorlagan taqdimotlarining ahamiyatini ishtirokchilarga ochib berishdi.
Kunning soʻngida ishtirokchilar uchun gulxan atrofidagi oqshom va madaniy dastur hamda salyutlar marosimga oʻzgacha zavq va yoshlarga quvonch bagʻishladi.
Dastur soʻngida forumda faol ishtirok etgan bir gurux yoshlarga “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining Fahriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: