Tarix va tabiat bag‘rida unutilmas uch kun
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MChJning 25 yillik yubileyi…
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Shirin shahrida mehr-oqibat va ezgulikka yo‘g‘rilgan xayrli tadbir tashkil etildi.
Shahar hokimligi tashabbusi bilan “Fazo” tantanalar saroyida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 20 nafar farzandi uchun tantanali sunnat to‘yi o‘tkazildi. Sirdaryo IES korxonasi hamda saxovatpesha homiylar ham ushbu xayrli tadbirga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tadbirda shahar hokimi Dilfuza Kambarova ishtirok etib, bolajonlarni quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga sog‘lom, baxtli, bilimli va Vatanga sadoqatli farzandlar bo‘lib ulg‘ayishlarini tiladi.
Bayram davomida bolajonlarga sovg‘alar topshirilib, kuy-qo‘shiqlar, quvnoq chiqishlar va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Shodiyona bolajonlar qalbida unutilmas taassurot va quvonchli xotiralar qoldirdi.










Spelling error report
The following text will be sent to our editors: