“O‘ztransgaz” AJ: uchrashuvlar xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi
“O‘ztransgaz” AJ tizim korxonalarida erkak ishchi xodimlar bilan bir qatorda ming nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat…
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi filial va korxonalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan an’anaviy “Rais kubogi” sport musobaqasi bu yil ham yuqori kayfiyat va keskin bahslar ruhida davom etdi. Andijon viloyatida tashkil etilgan navbatdagi bellashuv yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy birdamligini yana bir bor namoyon etdi.
Mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu musobaqada filial tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdi. Maydonga tushgan 16 ta jamoa o‘zaro murosasiz kurash olib borib, tomoshabinlarga haqiqiy futbol shousini taqdim etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar filial rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Mazkur musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.










Spelling error report
The following text will be sent to our editors: