🌐 Geologiya fanlari universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan “Kelajak soati” darslari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

🔖 Mazkur darslar jarayonida akademik Aziz Qayumov va taniqli shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi, shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kechalar tashkil etildi.

🔰 Tadbirlar davomida ushbu ulug‘ siymolarning hayoti va ijod yo‘li, ularning o‘zbek adabiyoti hamda milliy tafakkur rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida talaba-yoshlarga keng qamrovli ma’lumotlar berildi. She’riy chiqishlar, badiiy sahna ko‘rinishlari va davra suhbatlari orqali yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsad qilindi.

Print Friendly, PDF & Email