Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda sportni ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Mazkur tashabbusga muvofiq, haftaning bir kuni “Sport kuni” sifatida belgilandi.

Ushbu ezgu tashabbus ijrosi doirasida “Yangi-Angren IES” AJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada korxonaning turli bo‘lim va sexlarida mehnat qilayotgan ayollar jamoalari faol qatnashib, o‘zaro kuch sinashdilar.

Bellashuvlar yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va sportga xos murosasiz ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar jismoniy faollik, jamoaviy hamjihatlik va sport madaniyatini namoyon etib, tadbirning yanada qiziqarli kechishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday sport tadbirlari mehnat jamoasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, xodimlar salomatligini asrash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email