Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
«Angren IES» AJda muhandis-texnik xodimlari, ishchi-xodimlar va mehnatni muhofaza qilish vakillari ishtirokida O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Angren shahar kengashi bilan birgalikda «Shifokorgacha birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalari» qo’llanmasi asosida o’quv-seminar o’tkazildi. Xodimlarning hayoti va ish faoliyatida yuz beradigan baxtsiz hodisalar va favqulodda vaziyatlar ro’y berganda birinchi yordam ko’rsatish mashg’uloti ko’rgazmalar orqali tushuntirildi.
Ishtirokchilar oliy toifali mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan seminar yordamida jabrlanuvchiga tezkor tibbiy ko’nikmalar, xavf darajasini kamaytirish imkoniyatlari, tiklanish holatlari o’zlariga tegishli xulosalarga ega bo’ldilar va o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javop oldilar. 50 nafar seminar qatnashchilari o’quv qo’llanmasi bilan ta’minlanib, «Birinchi yordam» dasturi bo’yicha kursni to’liq tingladi va o’zlashtirgan uslublarni amalda qo’llay olishi to’g’risida ularga sertifikatlar topshirildi.
Инновацион, рационализаторлик ва ихтирочилик ғоялари, ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаштириш ва автоматлаштириш, янги маҳсулот чиқариш, маҳсулот…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: