“Tolimarjon IES” AJda xodimlar farzandlarining yozgi ta’til davrini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Quvonch va shodlikka boy o‘tgan tadbir bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar turli sport-estafeta shartlarida o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Har bir bellashuv qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, bolalarning faol ishtiroki tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Musobaqa yakunida barcha faol qatnashgan bolalar korxona ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email