Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan zavod yoshlari o‘rtasida tashkil etilga “Zukko kitobxon” intellektual ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
📖Tanlovning ilk soni O‘tkir Hoshimovning mashhur “Dunyoning ishlari” asari asosida tashkil etildi. Ishtirokchilar asarning mazmun-mohiyati, g‘oyaviy ahamiyati hamda qahramonlar obrazlarini tahlil qilish bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov davomida yoshlar: ✅ “Badiiy asar bilimdoni” sharti orqali asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar; ✅ “Tezkor savol-javob” bosqichida esa bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
📌Murosasiz va qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechgan tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🏆G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🌟Mazkur tanlov yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali tafakkurni boyitish va intellektual salohiyatni yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.Bu kabi tanlovlar davom etadi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: