Kasaba uyushmasi kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida 6–8-noyabr kunlari sportning voleybol va badminton turlari bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv kasaba uyushmasi kubogi” musobaqalari tashkil etildi.
Qizg‘in bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.
Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: