“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida “Har kimda bir sahifa” umummilliy tashabbusi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda yosh xodimlar ishtirokida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani yuzasidan davra suhbati o‘tkazilib, asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan milliy qadriyatlar va tarbiyaviy ahamiyati muhokama qilindi.

Uchrashuvda faxriy mehmon — “Hilol Nashr” nashriyot-matbaa uyi muharriri Ozod Munavvar kitob mutolaasining inson kamoloti va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email