Uch bosqichli jamoatchilik nazorati o’rnatish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, texnika xavfsizligiga rioya qilish, baxtsiz xodisalar sodir bo’lishiga sababchi omillar, bugungi kunda mehnat muxofazasida qilinayotgan ishlar yuzasidan “Farg’ona IEM” filiali raxbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshchiligida navbatdagi o’rganishlar tashkil etildi.

Doimiy ravishda ishchi-xodimlar uchun sexlarda yaratilgan mehnat sharoitlarini o‘rganib borish va bu borada aniqlanadigan muammolarni o‘z vaqtida ijobiy xal etilishi yuzasidan takliflar berildi.

Bundan asosiy maqsad ishchi-xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid bilimlarini oshirib borish, ishlab chiqarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar oldini olishga qaratilgan.

Manba: «Farg’ona IEM» kasaba uyushma qo’mitasi

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email