🏅 KASABA UYUSHMALARI KUNI MUNOSABATI BILAN TAQDIRLASH MAROSIMI
11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni hamda kasaba uyushmalari harakatining 121 yilligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida filialda faoliyat yuritayotgan, jamoat ishlarida, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hamda sport musobaqalarida alohida faollik va tashabbus ko‘rsatgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.
Bayram arafasida tashkil etilgan ushbu e’tirof marosimi xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, jamoada birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: