11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali xotin-qizlari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda 4 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, chaqqonlik, mahorat va jamoaviy birdamlikni namoyon etdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahoratini, balki ahillik va hamjihatlikni ham namoyish etdilar.

🏆 Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar HET AJ Qashqadaryo hududiy filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email