“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minot filiali xodimlarining farzandlari “Zangori olov” bolalar sog’lomlashtirish oromgohiga yetib kelishdi

Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan “Zangori olov” oromgohi “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali ishchi-xodimlarining 150 nafar o‘g‘il-qizlarini qabul qildi.

«Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ushbu ezgu ishlar birinchi navbatda o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilsa, o‘z navbatida ularning salomatligini ham yanada yaxshilashga yordam beradi.

Oromgoh rekonstruksiya qilinib, dam olish xonalari ta’mirdan chiqarildi hamda  yangi yumshoq mebellar bilan jihozlandi. Eng muhimi turli to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Xususan, ingliz tili, kompyuter va sport to‘garaklarida bolajonlar o‘z sog‘liklarini qayta tiklash bilan birga, bilimlarini ham oshirishadi.

 

Manba: «Hududgaz Jizzax» KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

 

Print Friendly, PDF & Email