Inson umrining qadri uning ortida qoldirgan xayrli ishlari, el-yurt ravnaqiga qo‘shgan hissasi hamda odamlar qalbida qoldirgan yaxshi nomi bilan o‘lchanadi.

«HET» AJ «Energosavdo» filiali Qoraqalpog‘iston bo‘limi tarkibiga kiruvchi korxonalarda ana shunday hayot yo‘li bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan insonlar ko‘plab topiladi.

Uzoq yillar davomida sohada samarali mehnat qilgan, o‘zining fidoyiligi, mas’uliyati va boshqalarga bo‘lgan hurmati bilan el e’tiboriga sazovor bo‘lgan bir guruh xodimlar 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan xodimlarning boy tajribasidan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.

Print Friendly, PDF & Email