“Navoiy IES” AJ da xotin-qizlar qo’mitasi raisi saylandi
Taraqqiyotmizning hozirgi bosqichida xotin-qizlar va gender tenglik masalasi nihoyatda dolzarb va bu davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Shu maʼnoda Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi zimmasidagi vazifalar koʻlami nihoyatda keng. Mazkur qoʻmitaga rahbarlik qilish kishidan katta bilim, hayotiy tajriba, mulohazakorlik, qatʼiyat, tashabbuskorlik va shijoatni talab qiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Navoiy issiqlik elektr stansiyasida o’tkazilgan saylovda Metrologiya xizmati muhandisi Orzigul Shukurova xotin-qizlar qo’mitasi raisi etib saylandi.
Yig’ilishda O’zbekiston energetika neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi kengashi xalqaro bo’lim yetakchi mutaxassisi Regina Nurgaliyeva hamda O’zbekiston energetika neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Yulduzxon Adilovalar ishtirok etdi.
Manba: » Navoiy IES» AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: