«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJda «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 7 martidagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25 noyabr’ – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlab «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ faollar zalida ham tashkil etildi. «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida zavod ishchi-xodimalari hamda Qarshi davlat universteti professori Sh.Qurbonov, «O‘zbekneftgaz» AJ moliyaviy komlaens nazorati departamenti hududiy inspektori A.Sharipov, Majmua yuridik xizmati yuriskonsulti M.Rayonov qatnashishdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayollarga nisbatan tazyiqlarning oldini olish, gender tenglikni ta’minlash borasidagi sayi harakatlarni qo‘llab quvvatlashdir.

Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlarlar mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. Zero, ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki. Ayollar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon bo‘ladi.

Manba: «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologia xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email