Respublika Kengashi tomonidan Surxondaryo viloyatdagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy yordam ko’rsatildi
Joriy yilning 26-27 iyun kunlari O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparatining Xalqaro ishlar bo’limi mudiri – rais o’rinbosari S.Egamberdiyev va Tashkiliy ishlar bo’limi mudiri F.Maxmudovlar Surxondaryo viloyatiga tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarga amaliy yordam ko’rsatish maqsadida xizmat safarida bo’lishdi.
Xususan, 26-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yangidan qurilayotgan «Surxon gaz kimyo» zavodi rahbariyati bilan korxona xodimlarini kasaba uyushmasiga jalb qilish bo’yicha dastlabki muzokaralar oʻtkazildi.
Muzokaralar davomida korxonada boshlang’ich tashkilot tuzish bo’yicha tashkiliy masalalar, jumladan, qo’mita raisligiga nomzodlar tanlash, qo’mita va taftish komissiyasi tarkibini shakllantirish, tasis konferensiyasini o’tkazish buyicha kelishuvga erishildi.
Shunigdek, shu kuni Termiz shahridagi «Termiz neft bazasi» va «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minot filialida bo’lib xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlarining faoliyati o’rganildi va amaliy yordam ko’rsatildi.
Mutasaddilar 27-iyun kuni «Surxondaryo elektr tarmoqlari korxonasi» AJga tashrif buyurib, korxonada xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat muxofazasi bo’yicha olib borilayotgan ishlar, sodir bo’lgan baxtsiz xodisalar natijasida to’lanishi lozim bo’lgan tovon tulovlari holati hamda korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda amaliy yordam ko’rsatdi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: