“Muborak GQIZ” kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchi-xodimlar uchun qadimiy Xiva shahriga sayohat tashkil etildi

Bugungi kunda barcha sohalar qatori neft-gaz sohasida ham ichki turizmni rivojlantirishga keng e’tibor qaratilmoqda. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish maqsadida mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari o‘ziga xos axamiyat kasb etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, “Muborak GQIZ” ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi  hamkorligida 2023 yilning 8-10 sentyabr kunlari ishlab chiqarish hamda jamoat ishlarida ilg‘or qatnashgan bir gurux ishchi-xodimlar Xiva shaxriga sayoxatga yuborildi.

Ishchi-xodimlar Xiva shahridagi tarixiy obidalar, muzeylar hamda tabarruk avliyolarning qadamjolarini ziyorat qilishdi.

Manba: «Muborak GQIZ» KUQ

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email