“Talimarjon IES” AJda Birlashgan Arab Amirliklarining “Mubodala” va “Taqa” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi
“Talimarjon IES” AJni ishonchli qo‘llarga topshirish bo‘yicha ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining “Mubodala” va “Taqa” kompaniyalari bilan muzokaralar jarayoni olib borilmoqda.
Shu maqsadda, “Talimarjon IES” AJda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasining Qashqadaryo viloyati kengashi, “IES” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi mas’ullari hamda “Mubodala” va “Taqa” kompaniyalari mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hozirgi kunda mavjud jamoa shartnomasida belgilab berilgan imtiyozlarning o‘z kuchida qolishi, xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratish borasida ishlar izchil davom ettirilishi, kelgusida ham Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borilishi bo‘yicha fikrlar almashildi.
Manba: “Talimarjon IES” AJ KUQ Matbuot xizmati.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: