“Angren IES” AJ da buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Boburning xotirasiga bag’ishlab, “Ajdodlar xotirasi abadiy” deb nomlangan ma’naviyat tadbiri bo‘lib o`tdi

Joriy yilning 9 fevral kuni “Angren IES” AJ Rahbariyati va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan “Ajdodlar xotirasi abadiy” deb nomlangan ma’naviyat tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirning bosh g’oyasi buyuk bobokalonlarimiz bo’lmish Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi arafasida ajdodlarimizning xotirini yod etishdir.

Tadbirda “Ajdodlar xotirasi abadiy” mavzusida insho, bobolarimiz siymosini chizish hamda “Navoiy she’riyati bilimdoni” ko‘rik tanlovlari o`tkazildi. Faol ishtirokchilar 1, 2 va 3 o‘rinlar uchun sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geoloogiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email